Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyatida dalahovlisida kannabis o‘stirayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 1 avgust kuni viloyat IIB, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorlikda Samarqand tumani Yangiariq mahallasida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda 1976 yilda tug‘ilgan shaxs dalahovlisida 670 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Shuningdek, dalahovlida 15 kg marixuana giyohvandlik moddasi topilgan.
Tezkor tadbir davomida dalahovlida bo‘lgan yana uch kishining holatga aloqadorligini tekshirish ishlari olib borilmoqda.
Aniqlangan holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi “b” bandi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari