Senatning 55-yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Senatorlarning ta’kidlashicha, huquq-tartibot organlari olib borgan o‘rganishlarda 2021-2023 yillar mobaynida noqonuniy diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq 2 457 ta ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. Ularning 1 479 tasi «hujra» sharoitida tashkil etilgan bo‘lib, ularda tahsil olayotganlarning 60 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etgan.
Shuningdek, so‘nggi 3 yilda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan voyaga yetmagan shaxslar soni 4 baravarga oshgan.
«Mamlakatimizda diniy ta’lim masalasi amaldagi qonunchilikda aniq belgilab qo‘yilgan. Jumladan, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda va undan oldingi qonunlarda diniy professional ta’limning huquqiy asoslari qat’iy belgilangan. Xususiy tartibda diniy ta’lim bilan shug‘ullanish qonunga xilof hisoblanadi», – deyiladi Senat xabarida.
Muhokama etilayotgan qonun yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarning oldini olish, ota-onalar hamda ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning bolalarni o‘qitish, ta’lim va tarbiya berishga doir majburiyatlarini bajarish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek bolalarning bilim olish huquqi kafolatlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilganligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur Qonun bilan «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olishga jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek ushbu qonunchilik talabiga rioya etmaganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga Qonunda ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning o‘z bolalarini shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy jihatdan tarbiyalash huquqi aniq bayon qilinmoqda. Mazkur norma Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 18-moddasida belgilangan qoidalar asosida kiritilyapti.
Qonunning qabul qilinishi bolalarning ta’lim olish huquqi kafolatlarini ta’minlashga, ularning komil inson bo‘lib yetishishiga, turli og‘ir jinoyatlar va diniy ekstremistik g‘oyalar qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qilishi senatorlar tomonidan ta’kidlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi