Foto: Getty Images
Har 4 yilda kriptobozorda o‘ziga xos o‘suvchi sikl yuzaga kelib, har xil yangidan yangi kriptoloyihlar paydo bo‘ladi. Qarabsizki, mazkur industriyadagi haypga asoslangan loyihalarning media shovqini sohadan mutlaqo yiroq odamlarni ham chetlab o‘tmaydi.
Lekin bugun biz gaplashadigan mavzu hali kriptosfera yoki umuman treyding sohasiga kirib ulgurmasdanoq firibgarlarga aldanib qolayotgan o‘zbekistonliklar haqida.
“Instagram ijtimoiy tarmog‘ida treydingga oid reklamaga qiziqish bildirgan edim. Menga allaqanday firmadan qo‘ng‘iroq qilishdi treyding bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lib, so‘rov yuborganimni aytishdi. Haftalab davom etgan telefon suhbatlaridan keyin ularga investitsiya uchun pul o‘tkazib berdim. Menga moliyaviy maslahatchi biriktirishdi. U bilan binoyidek ishlayotgandim, oradan vaqt o‘tib to‘satdan pulim platformada ko‘rinmay qoldi.
'Moliyaviy maslahatchim' esa har gal turli raqamdan qo‘ng‘iroq qilib, o‘z xatoyim bilan pul yo‘qotganimni aytib, yana investitsiya qilishga undardi. Biroq pulimni firibgarlarga berib qo‘yganimni tushunib yetgandim hamki endi turli raqamlardan go‘yoki ’yuristlar’ yo‘qotilgan mablag‘larimni tiklab berish va’dasi bilan yuridik xizmatlar taklif qilib, uning uchun ham to‘lov qilishim kerakligini aytmoqda. Rad etsam hatto dag‘dag‘a qilishgacha bormoqda”, deydi firibgarlik qurboni bo‘lgan Nigora.
Soxta treyderlar maqsad bitta bo‘lgani bilan biz murojaatlarni o‘rganish chog‘ida rang barang keyslarga guvoh bo‘ldik. Ularning ko‘pchiligi Telegram ijtimoiy tarmog‘ida sodir bo‘ladi. Ba’zilari ixtiyoriy biror kripto-aktivingni bir manzildan boshqasiga o‘tkazganing uchun 3% keshbek olasan deyishsa, ba’zilari hech qanday savdo haqida gapirmay, birjada pul yutdingiz, faqat bu yutuqni yechib olishingiz uchun sug‘urta to‘lovini qilasiz, komissiya to‘laysiz, qonuniylashtirish uchun yana to‘lov qilasiz kabi vajlar bilan davom etaveradi.
Heyemera yuridik firmasi asoschisi Sherzod Abdulkasimovga ko‘ra, bugungacha firibgarlar har bir jabrlanuvchi fuqarodan o‘rtacha hisobda 100-120 ming dollar miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirgan. Ular asosan rus tilida muloqot qiladi, ammo nutqidan ular MDH mamlakatlaridan biridan ekanini anglash mumkin.
Murojaatlar ko‘p lekin hamma ham uni kamera qarshisida aytib bera olmaydi. Chunki bu jarayonda kishi nafaqat moddiy yo‘qotish bilan balki aldanib qolishdek hissiy zarba bilan ham yuzlashadi.
Afsuski o‘zbekistonliklar orasida bu holatga tushganlar bir necha yuz emas, 10 minglab ekani tayin. Ularning bari ham ishonuvchanligidan aldanib qolmagan. Misol uchun, firibgardan shaxsini ochiqlashga doir savollar so‘rashgan, ammo soxta treyderlar mohirona usul bilan soxta sertifikat, litsenziyadan tortib soxta pasportlar rasmini ham yasashgan.
Ba’zida insonlar oldiga 100 ta haqiqat bilan bitta o‘zlari ishonishni xohlaydigan yolg‘on ko‘ndalang qo‘yilsa, ular o‘sha bitta yolg‘on ortidan ketadi. Bu esa mavjud muammo osonlikcha yechim topmasligini ko‘rsatmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi