10:26 / 23.08.2024
85

Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi

Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi
Foto: Olympic
Toshkentda SHHT huzuridagi xalqaro xalq diplomatiyasi forumida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu mukofot o‘zbek murabbiyga Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida bokschi Munarbek Seyitbek uuluga sekundantlik qilgani uchun berildi.

Menga ajoyib bokschi Munarbekni qo‘llab-quvvatlash baxti nasib etganidan xursandman, biz qardosh xalqlar, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlashimizni his qilamiz va buni butun dunyoga ko‘rsatish juda muhim. Qirg‘izistonda boks rivojlanmoqda, buni Munarbek timsolida ham ko‘ramiz. Bunday yuksak mukofot va qirg‘iz xalqining e’tirofiga sazovor bo‘lish men uchun katta sharaf”, dedi Hasanov.

Unga qirg‘iz milliy liboslari chopon va oq qalpoq, Issiqko‘lga yo‘llanma hamda rassom Sobitjon Babajonovning surati sovg‘a qilindi.

Akmal Hasanov qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluning 3 ta jangida murabbiylik qildi. Finalda Seyitbek uulu o‘zbekistonlik bokschi bilan uchrashdi.

Qirg‘izistonda “Chingiz Aytmatov” medali Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari va xorijliklarni madaniyat, ta’lim, fan, adabiyot va san’at sohasidagi ulkan yutuqlari, millatlar va elatlarning madaniyatini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlashga xizmat qilgani uchun taqdirlash maqsadida ta’sis etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Hasanov “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlandi