200
Chilonzordagi “Oltin markazi” oldida bezorilik sodir etganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Joriy yilning 23 avgust kuni Chilonzor tumanidagi “Oltin markazi” oldida 1984 yilda tug‘ilgan A.Sh. Malibu rusumli avtomashinada avtoturargohga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq avtoturargoh nazorati xodimlari joy yo‘qligini ma’lum qilishgan va avtomashinada kelgan fuqarolar hamda nazorat bo‘limi xodimlari o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Shundan so‘ng A.Sh. tanishlari 1986 yilda tug‘ilgan S.Sh., 1982 yilda tug‘ilgan R.N., 1979 yilda tug‘ilgan M.Sh., 1989 yilda tug‘ilgan S.M.larni chaqirgan va ular jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan avtoturargoh oldida janjal ko‘targan. “Oltin markazi”da qorovul bo‘lib ishlovchi 1986 yilda tug‘ilgan G‘.I. va 1981 yilda tug‘ilgan A.K.larni urgan vaqtida markaz nazorat bo‘limi xodimi 1995 yilda tug‘ilgan J.I. ularning bezorilik harakatiga chek qo‘yish maqsadida ajratmoqchi bo‘lgan. Natijada ushbu shaxslar o‘z fuqarolik burchini bajarayotgan J.I.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan, tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi