14:51 / 24.08.2024
228

Miya faoliyatini yaxshilovchi dori topildi

Miya faoliyatini yaxshilovchi dori topildi
Illustrativ foto
Saratonga qarshi dori erta bosqichdagi Alsgeymer kasalligiga davo bo‘lishi mumkin. Science jurnalida chiqqan maqolada shu haqda so‘z yuritiladi.

Olimlar laboratoriya sinovlarida IDO1 ingibitorlari sinfiga kiruvchi dorilar sichqonlarda Alsgeymer kasalligining erta bosqichida miya faoliyatini yaxshilashini aniqlashdi. IDO1 fermentini bloklovchi bu dorilar teri, qon va ko‘krak bezi saratonini davolash uchun test sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

IDO1 organizmda triptofan aminokislotasi yemirilishiga javob beradi. Shu bilan birga, u kinurenin birikmasiga aylanadi. Kinureninning me’yordan oshib ketishi neyronlarning ishlashiga yordam beruvchi miya hujayralari — astrotsitlarning energiya bilan ta’minlanishini yomonlashtiradi. IDO1ni bloklash orqali kinureninni me’yorga qaytarish mumkin. Shuning barobarida astrotsitlar va nerv hujayralari faoliyati tiklanadi.

Olimlarning fikricha, IDO1 ingibitorlari miya hujayralarida energiya ishlab chiqarilishini yaxshilab, Alsgeymer kasalligi rivojlanishini susaytirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Miya faoliyatini yaxshilovchi dori topildi