
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Chorsu bozorida yana yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 25 avgust kuni soat 20:48 da Shayxontohur tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, soat 21:06 da o‘chirildi. Yong‘in natijasida kiyim do‘konining ichki qismi 15 kv.m. maydonda yongan.
Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Holat oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar