
Kelib chiqishi hind bo‘lgan avstraliyalik muhandis Erondan Buyuk Britaniyaga quyosh batareyasida harakatlanuvchi avtorikshada etib bordi, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Navin Rabelli 10 ming kilometrlar masofani ortda qoldirish uchun 7 oy sayohat qilgan. U, fevral oyida yo‘lga chiqib, Turkiya, Bolgariya, Serbiya, Avstriya, Shveysariya, Germaniya va Fransiyani ortda qoldirib, Birlashgan Qirollikka etib kelgan. Parij yaqinida Rabellining pasporti va hamyonini o‘g‘irlashgan bo‘lsa-da, u sayohatini davom ettira olgan.

Rabellining aytishicha, u elektr va quyosh batareyalarida yuradigan mashinalarning keng imkoniyatlariga e’tibor qaratish maqsadida shunday yo‘l tutgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar