Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OAV vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan “Fan olimpiadasi g‘oliblari nega sport olimpiadasi g‘oliblari kabi mukofotlanmaydi?”, degan savolga ham javob berdi.
"Avval fan olimpiadasi g‘oliblariga faqatgina Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyozi bo‘lgan. Hurmatli prezidentimizning 2019 yildagi qarorlari bilan fan olimpiadasi g‘oliblarini rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu rag‘batlantirish tizimi nafaqat o‘quvchi-yoshlarga, ustozlariga ham tatbiq qilinmoqda", dedi vazir.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda beshta xalqaro asosiy fan olimpiadasida (axborot texnologiyalari, matematika, fizika, biologiya va kimyo) oltin medal olganlar BHMning 500 baravari (170 million so‘m), kumush medal 300 baravari (102 million so‘m), bronza medali esa 200 baravari (68 million so‘m) miqdorida taqdirlanadi.
Vazir aynan savolga javob berar ekan, “Bir narsaga alohida e’tibor qaratishingizni so‘ragan bo‘lardimki, fan olimpiadalari har yili bo‘ladi, ya’ni sport olimpiadalari kabi to‘rt yilda bir emas, bir yilda bir marta. Balki bu bizning ham kamchiligimizdir, har yili sentyabr oyida fan olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bundan keyin sizlarni ham taklif qilamiz”, dedi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi