
Qonunchilikka ko‘ra, ishga tiklash bu mexnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan yoki xodim konunga xilof tarzda boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda uning avvalgi ishga tiklanishi hisoblanadi. Bunda fuqarolar va ishchi-xodimlarning huquqlari buzilgan taqdirda taraflar manfaati sud va boshqa organlar tomonidan himoyalanadi.
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi tuman-shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida sud qarorlari asosida 23 nafar fuqarolarning ishga tiklanishi ta’minlandi.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining fuqaro K.M.ni soliq boshqarmasiga ishga tiklash haqidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida fuqaro K.M. ishga tiklanishi ta’minlandi.
Kelgusida ham Byuroning viloyat boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlari tomonidan fuqarolarning huquqlari himoya qilinib, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar