Dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingini tuzuvchi THE World University Rankings'da so‘nggi 12 yilda birinchi marta AQSh universitetlari birinchilikni qo‘ldan boy berishdi. Yangi reyting Britaniyaning Times Higher Education (THE) jurnalida taqdim etildi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.
Dunyoning eng yaxshi universiteti nomi Britaniyadagi Oksford universitetiga nasib etdi. Oxirgi 5 yil ro‘yxatda etakchilik qilgan Kaliforniya texnologiya instituti esa reytingning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi. Kuchli uchlikka AQShning Stenford universiteti yakun yasadi.
4-o‘rin Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), 5-o‘rin Massachusets texnologiya instituti (AQSh), 6-o‘rin esa Harvard universiteti (AQSh) tomonidan band etildi. Priston universiteti (AQSh) 7-o‘rin, London Imperiya kolleji (Buyuk Britaniya) 8-o‘rinni egalladi. Reytingning 9-pog‘onasidan Shveysariya Federal texnologiya universiteti va 10 pog‘onasidan Berklidagi Kaliforniya universiteti (AQSh) joy oldi.
Tadqiqot natijalari reytingda odatdagidek Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari etakchilik qilayotganini ko‘rsatdi. Reytingdagi 980 o‘quv dargohidan 148tasi AQSh va 91tasi Birlashgan Qirollik universitetlariga to‘g‘ri keladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi