Foto: Energetika vazirligi
Energetika vazirligi Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Mustaqillikning 25 yilligi konida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berdi.
«1 sentyabr kuni soat 15:17 da Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, «Ko‘lqamish» MFY hududida joylashgan Mustaqillikning 25-yilligi koniga qarashli 604-sonli quduqda burg‘ilash ishlari olib borilishi vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida kon yaqinida yashovchi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
Voqea tufayli fuqarolarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Ayni paytda vaziyat to‘liq nazorat ostida», deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qo‘ldoshev, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib borishdi. Bu yerda barcha tegishli vazirlik va tashkilotlarni jalb etgan holda, Tezkor shtab tashkil qilingan. Texnogen ofat asoratlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Hodisa to‘g‘risida yana batafsil ma’lumot berilishi aytilgan.
2 sentyabrga o‘tar kechasi ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida gaz chiqishi oqibatida odamlar yashab turgan uylaridan boshqa yerga vaqtincha ko‘chirilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Keyinroq favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berib, kondagi burg‘ilash ishlari vaqtida texnologik jarayon buzilishi oqibatida oltingugurt gazi chiqishi kuzatilganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan