Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 sentyabr kuni Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Tyanszin shahri partiya qo‘mitasi kotibi Chen Miner boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuv boshida Chen Miner davlat rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni, ayniqsa, faol hududlararo muloqot doirasida yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har qanday sharoitda ham strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tyanszin shahrining yetakchi kompaniyalari bilan savdo, sanoat, "yashil" energetika, qurilish va infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Innovatsiyalar, ta’lim va madaniyat sohalarida almashinuv dasturlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston hududlari va Tyanszin shahri o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni qabul qilishga kelishib olindi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
KXDR o‘z askarlarini urushga yuborish evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan