Foto: Transport vazirligi
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Britaniya elchisi Timoti Smart bilan uchrashdi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elchi Britaniyaning O‘zbekiston bilan transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni, xususan, infratuzilma, avtomobil va temiryo‘l transporti sohasidagi loyihalarni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, mamlakatning eng yirik kredit agentliklaridan biri UK Export Finance ishtirokida Turkiya va Janubiy Koreyaning transport loyihalarini moliyalashtirish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Vazir Ilhom Mahkamov Britaniya bilan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, Transport universiteti bilan qo‘shma o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek, aviareyslarni yo‘lga qo‘yish yo‘nalishda hamkorlikni kengaytirishni ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...