
O‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni ma’lum qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida jami 21,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgan.
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida o‘qish maqsadida chet elga ketgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
Tojikiston — 10 497 nafar;
Rossiya — 3 891 nafar;
Qirg‘iziston— 2 211 nafar;
Turkiya — 1 240 nafar;
Janubiy Koreya — 1 063 nafar;
Qozog‘iston — 874 nafar;
Britaniya — 423 nafar;
Xitoy — 337 nafar;
Germaniya — 209 nafar;
AQSH — 192 nafar;
boshqa davlatlar — 720 nafar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar