Mashhur bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida olamdan oʻtdi

Mashhur bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida olamdan oʻtdi
Mahoratli bastakor Musaxon Nurmatov uzoq davom etgan xastalik sabab 56 yoshida olamdan koʻz yumdi. Bu haqda oʻgʻli Yusufxon Nurmatov ma'lum qildi.

Bastakor faoliyati davomida Ozodbek Nazarbekov, Shohjahon va Zohirshoh Joʻraev, Abdurashid Yoʻldoshev, Bahrom Nazarov, Mansurxon va Yusufxon Nurmatov kabi koʻplab san'atkorlar bilan hamkorlik qilgan.

Soʻnggi yillarda esa ijodkorning gʻoyasi va prodyusserligida “Jurnalist” va “Qodirxon” kabi seriallar suratga olindi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar