63
Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi: “10 kunda 300 ming so‘mni 1 mln qilib qaytarasan”
Foto: Videodan kadr
Andijon viloyatining Asaka tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi maktabdoshini kaltaklayotgani aks etgan video yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bayonot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik holati Asaka tumanidagi 34-ixtisoslashgan davlat umumta’lim muassasasida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Mushtumzo‘r yigit bolani urarkan, bir necha marotaba uni qidirganini, nima sabab javob bermaganini so‘ragan va haqoratlab do‘pposlab ketgan. Qolaversa, yigit unga 300 ming so‘m pulni 1 mln so‘m qilib qaytarish talabini qo‘ygan va buning uchun 10 kun muhlat bergan.
Ta’kidlanishicha, vaziyat nazoratga olingan. Boshqarma holat o‘rganilayotganini, o‘rganish yakunlariga ko‘ra batafsil ma’lumot berilishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, boshqarma yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik holatlarining har qanday ko‘rinishini qattiq qoralashini ham bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyaning Sardiniya orolida uylar 1 yevrodan sotilmoqda, lekin...