14:48 / 10.09.2024
11

Vengriya 2025 yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazadi

Vengriya 2025 yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazadi
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Moxoli-Nad nomli San’at va dizayn universiteti bosh ijrochi direktori Reka Metxaides va prorektor Lili Ermezey bilan muzokara o‘tkazdi.

Unda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Moxoli-Nad nomidagi San’at va dizayn universiteti o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar, shuningdek, o‘quv va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish, talabalar va o‘qituvchilarning amaliyot o‘tashlari, qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish imkoniyatlarini ham muhokama qildilar.

Vengriya vakillari qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratish va ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi professional aloqalarni mustahkamlash imkonini beradigan o‘zaro munosabatlarni kengaytirishdan manfaatdorligini tasdiqladi.

Bosh ijrochi direktor Reka Metxaides hamkorlikning ilk qadami sifatida 2025 yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif qildi.

Mazkur tadbir ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vengriya 2025 yilda O‘zbekistonda "Kubik Rubik" ko‘rgazmasini o‘tkazadi