61
O‘zbekistonda olti turdagi muzqaymoqda ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi
Foto: Mykaleidoscope
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning murojaatlari asosida nazorat xaridi tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, unda “X Xasanboy va xolod” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning 7 ta turi xarid qilindi va belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan uchta laboratoriyaga topshirildi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra, muzqaymoq qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”,“Shokoladli”, “Olxo‘ri mevali” va “Plombir” turlari tarkibida ichak tayoqchasi guruhidagi bakteriyalar aniqlandi. Shu bois bakteriologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha SanPin 0366-19 talablariga nomuvofiq deb topildi.
“Texnostandart-neo” MCHJning akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli” kabi turdagi mahsulotlar tarkibida shakar miqdori belgilangan me’yorlardan ikki barobarga ko‘pligi ya’ni, belgilangan me’yor 14,5 - 17,5 foiz o‘rniga 37,7 -38,1 foiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Olma mevali” plombir mahsulotida esa aksincha saxaroza miqdori me’yordan kamligi aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining mahsulot markirovkasi (qadog‘i) bo‘yicha bergan xulosasiga ko‘ra, qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli”, “Olxo‘ri mevali”, “Olma mevali” va “Plombir” kabi turdagi mahsulotlarda iste’molchiga tegishli bo‘lgan 10 ga yaqin zarur ma’lumotlar taqdim etilmagan.
Mazkur holatda MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan qadog‘ida shakarsiz deb ko‘rsatilgan “Xottabich” nomli muzqaymoqning “Eskimo”, “Bananli”, “Fistashkali”, “Shokoladli”, “Olxo‘ri mevali”, “Olma mevali”va “Plombir” kabi turdagi mahsulotlari tarkibi hamda Oziq-ovqat mahsulotini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.
“Shuningdek, o‘rganish davomida ushbu muzqaymoqlarning qadog‘ida ’Muzqaymoqni iste’mol qilish vazningizni kamaytirishda, immunitetni oshirish va stressdan chiqishda yordam beradi, shuningdek, yaxshi kayfiyat taqdim etadi’ degan ma’nodagi yozuvlarini tasdiqlovchi hech qanday xulosalar mavjud emasligi aniqlandi.
Amaldagi texnik jihatdan tartibga solish hujjatlariga nomuvofiq mahsulotlarni iste’molchilardan qaytarib olish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yuborildi”, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?