
Navoiyda ayol kishining fotosuratlarini qayta ishlab, so‘ng ularni Telegram'ga qo‘ygan va intim xizmatlar taklif qilgan shaxs ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida yashovchi (ayol) K.G. murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram'da tarqatib yuborganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Navoiy viloyatida yashovchi A.Z. sodir etgani aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan A.Z. Telegram'da jabrlanuvchi (ayol) K.G.ning sahifasidan u joylashtirgan fotosuratlarini yuklab olgan va ularga maxsus dasturlardan foydalanib ishlov bergan.
So‘ng Telegram va “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida uning nomidan soxta sahifalar yaratib, internet foydalanuvchilariga intim xizmat ko‘rsatishini aytgan holda aldov yo‘li bilan bank kartalaridagi pullarini o‘zlashtirgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141/3-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar