
Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “N.M.D.” korxonasidan undiruvchi AITB “Ipak yo‘li” foydasiga 524.954.853 so‘m kredit qarzdorligini undirish va undiruvni garov mulkiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Byuroning tuman bo‘limi tomonidan qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdor korxona qarz summalarini to‘lamagani oqibatida garov mulki bo‘lgan “DAF” rusumli avtotransport vositasi xatlanib va band solingan.
Hozirda garov mulkini auksion savdolariga chiqarish maqsadida ijro harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar