Foto: Bojxona qo‘mitasi
12 sentyabr kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Qorasuv» chegara bojxona posti tantanali ravishda ochildi.
Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahrida joylashgan «Qorasuv» va O‘sh viloyati «Korasuu» o‘tkazish punkti 14 yil avval yopilgan. Ularning faoliyatini qayta tiklash ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan amalga oshirilgan.
«Qorasuv» chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega bo‘lib, undan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar o‘tib-qaytishlari mumkin. Post orqali yo‘lovchilar asosan yopiq inshootlar bo‘ylab harakatlanishadi.
Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatidan Jalolobod viloyatiga o‘tish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib o‘tilgan bo‘lsa, endi ushbu masofa 101 kilometrga qisqarib, O‘zbekiston hududi bo‘ylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish kifoya.
Shu kuni Namangan viloyatida «Uchqo‘rg‘on» nazorat-o‘tkazish punkti ham ochiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari 2023 yilning 1 sentyabrdan boshlab ikki mamlakat chegarasini ID karta orqali kesib o‘tishlari mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?