Buxoro viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Nozimjon Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, qizlarni pullash uchun uchun Dubayga jo‘natayotgan ayolga nisbatan sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Bildirilishicha, mahkuma Maftuna Aminova (ismi sharifi o‘zgartirilgan) Toshkent shahrida 1992 yilda tug‘ilgan. Bir nafar farzandi bilan turmushidan ajralgan ayol yengil-yelpi turmush tarziga berilgan bo‘lgan. U ilgari ham Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash (131-modda) hamda Odam savdosi (135-modda)ning turli bandlari bilan jazolangan. 2013 yilda Toshkent viloyati, Yakkasaroy tuman sudi hukmiga ko‘ra, 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosini olgan bo‘lsa, 2014 yilda Shayxontohur tuman sudi hukmiga asosan, 3 yilu 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Oradan vaqt o‘tib, Pastdarg‘om tuman sudi ajrimiga ko‘ra, o‘talmay qolgan 2 yil 3 oy 4 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan. O‘z xatti-harakatlaridan xulosa chiqarmagan, qo‘shmachilik va fohishaxona saqlashdan qaytmagan Maftunaning ozodligi 2016 yilda Do‘stlik tuman sudi hukmiga ko‘ra, yana 2 yilu 6 oy muddatga cheklangan. Ozodlikdan cheklash jazosini o‘ziga nisbatan jazo sifatida qabul qilmagan Maftuna nomunosib turmush tarzida davom etavergan. 2017 hamda 2018 yillarda ham shu jinoyat bilan qayta-qayta jazolangan.
«Buxoro viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi bu gal uning xatti-harakatlariga chek qo‘ydi. O‘z qilmishlariga yarasha jazo olishda yillar davomida uning ayolligi, voyaga yetmagan farzandi borligi inobatga olingan. Qator sud organlari tomonidan ozodlikni cheklash jazosini olgan ayolning adolatli hukmlarga nisbatan bepisand qaragani bu gal uni temir panjara ortiga ravona qildi. Turli yoshdagi ayollarni sotish, ulardan erkaklarning shahvoniy maqsadlarda foydalanishi uchun Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgani fosh etildi», – deydi Nozimjon Jo‘rayev.
Holatga ko‘ra, Maftuna Aminova Buxoro shahrilik ayol Durdona Majidovani Dubay shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun borishini, so‘ng Tailand davlatidan qaytib kelishini aytgan. Dubay shahriga ketish yo‘l xarajatlarini o‘z hisobidan to‘lashini, keyinchalik ushbu xarajatlarni fohishalik bilan shug‘ullanib qaytarishini talab qilgan. «Mijozi»ning fuqarolik pasportini olib, «qarz»larini qaytarganidan keyin berishini bildirgan. Ayni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga samolyotning uchishi oldidan Maftuna Aminovaning kirdikorlari fosh etilgan. Buxoro viloyat IIB JQB va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan Durdona Majidova shu samolyot orqali boshqa ayollar ham shahvoniy maqsadlarda uchib ketayotganini «gullab» qo‘ygan.
Jinoyat izidan jinoyat qilishdan to‘xtamagan Maftuna Aminova yana ikki nafar ayolni ham Dubay shahriga o‘z hisobidan jo‘natib, ular ortidan pul ishlashdek maqsadi chipakka chiqayotganidan sarosimaga tushib qolgan. Buxoro viloyat IIB JQB va DXX Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan keyingi ikki nafar ayolni avvaliga «tanimayman, bularni birinchi marta ko‘rib turibman» degan Maftuna oradan ko‘p o‘tmay, voqea joyidayoq aybiga iqror bo‘lishga majbur bo‘lgan.
Sud tomonidan sudlanuvchi ayolning harakatlari O‘zbekiston Respublika Jinoyat Kodeksi 135-moddasining turli bandlari bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan.
Uning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, ayolligi, oilaviy sharoiti, uzru-nadomatlari o‘ziga tegishli jazoni yengillashtirishga asos bo‘lmagan.
Sud hukmi bilan 5 yil muddatga qamoq jazosi tayinlangan Maftuna Aminovaga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?