18:58 / 16.09.2024
40

Ota farzandlari uchun 30 mln. so‘m aliment qarzini bitta qilib to‘ladi

Ota farzandlari uchun 30 mln. so‘m aliment qarzini bitta qilib to‘ladi
Ma’lumki, yurtimizda bolalarning barcha huquqlari qatori moddiy ta’minot olish huquqi ham qonun bilan kafolatlangan.

Ammo hayotda turli sabablarga ko‘ra, oilaning buzilishi natijasida alohida yashaydigan ota yoki onaning bola ta’minotida ishtiroki o‘ta dolzarb muammoga aylanadi.

Bu hayotda farzand tarbiyasi, uning ta’minoti har bir ota-ona zimmasidagi o‘ta sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifa sanaladi. Biroq hayotda ana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z ixtiyori bilan bajarishdan bosh tortadigan ota-onalar ham uchrab turadi. Albatta, bunday vaziyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va ta’sirchanligini oshirish maqsadida ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari ko‘riladi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining qarzdor X.Y.dan undiruvchi D.T. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqi va daromadining 1/3-qism miqdorida aliment undirish bo‘yicha ijro hujjati byuroning Baxmal tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Byuro xodimlarining huquqiy tushuntirishlari natijasida qarzdor X.Y. farzandlarining ta’minoti uchun 30 mln. so‘m aliment pullarini bitta qilib to‘lab berdi.

Kelgusida D.T. tomonidan ushbu pullar farzandining kelajagi uchun sarf qilinsa nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ota farzandlari uchun 30 mln. so‘m aliment qarzini bitta qilib to‘ladi