Bugun O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan biroz nam havo massalari kirib kelishi boshlandi.
Kun davomida respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘lishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
17 sentyabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
18 sentyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. 19 sentyabrda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
20 sentyabrda O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kunduz kunlari 25-30 daraja, ba’zi joylarda 32 darajagacha, kechalari 12-17 daraja bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, 16 sentyabrda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 16-17 sentyabr va 19-20 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanish ehtimoli bor.
Poytaxtimizda: 16 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 29-31daraja bo‘ladi. 17 sentyabrda kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 18-20 sentyabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19 sentyabrda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat kechalari 14-17 daraja, kunduz kunlari 26-29 daraja bo‘ladi.
Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda 3-8 m/s tezlikda esadi, 16 sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?