Foto: Layk Trevel Puteshestviya
Rossiyalik trevel-bloger (sayohatlar haqida blog yurituvchi) ayol O‘zbekiston poyezdining platskart vagonida safar qilib, hech kimga, hech qachon bunday qilmaslikni tavsiya etdi. U Dzen platformasidagi «Layk Trevel Puteshestviya» blogida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u fevral oyi oxirida O‘zbekistonning uchta shahri — Toshkent, Buxoro va Xivada bo‘lgan. Shaharlar orasida poyezdda sayohat qilgan va ko‘pincha platskart vagonining yuqori o‘rindig‘idan joy topgan. Biroq, ayolga vagonlardagi isitish tizimi ko‘proq muammo keltirgan — ular juda issiq bo‘lgan.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, poyezddagi barcha mahalliy ayollar kamtarona kiyingan va juda issiq bo‘lganiga qaramay, ustki kiyimlarini yechmagan. Shuning uchun ayol ulardan o‘rnak olishga va chidashga qaror qilgan. Biroq, ertalab u qolgan sayohatchilarning ortiqcha kiyimlaridan qutulganini payqaydi.
«O‘zbek poyezdidagi tunim chinakam sinovga aylandi, meni faqat mehribon, ijobiy va juda mehmondo‘st o‘zbeklar qutqardi, ular bilan muloqot qilish uchun men shunday issiq kechaga chidadim», deb xulosa qildi ayol. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"