«Toshkent metropoliteni» ma’muriyati yo‘lovchilardan metrodan foydalanish qoidalariga amal qilishni so‘radi.
«Harakatlanish vaqtida o‘zaro hurmatni saqlash, poyezd ichidagi yo‘lovchilar chiqib ketguniga qadar kirish uchun vagon eshiklari oldida turmaslik, manzilga kelgach poyezddan chiqish uchun imkon qadar tezroq harakat qilish, vagon eshiklariga suyanmaslik, shaxsiy buyumlarni vagon va metro hududida qoldirmaslik talab etiladi», deyiladi murojaatda.
Qayd qilinishicha, bularning barchasi oraliq intervallarining reja asosida amalga oshirilishini ta’minlashga «ijobiy ta’sir ko‘rsatadi».
«Toshkent metropoliteni» ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2024 yil yakunigacha 48 ta va 2025 yil davomida yana qo‘shimcha 56 dona zamonaviy metro vagonini harid qilish ko‘zda tutilgan. Yangi vagonlar Chilonzor, O‘zbekiston, Yunusobod va Yer usti halqa yo‘nalishida harakatlanadi va buning hisobiga oraliq interval kamaytiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"