
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi bilan bog‘liq navbatdagi holatlarni aniqladi.
«Mikrokreditbank», «Biznesni rivojlantirish banki» hamda «Turonbank» va ularning tizim tashkilotlari o‘rganilganda ularning 148 nafar boshqaruv xodimi 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlandi.
«Mikrokreditbank»ning 94 nafar boshqaruv xodimi 96 ta tadbirkorlik subyektida, «Biznesni rivojlantirish banki»ning 41 nafar boshqaruv xodimi 46 ta tadbirkorlik subyektida, «Turonbank»ning 13 nafar boshqaruv xodimi 13 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha agentlik tomonidan mazkur banklarga taqdimnomalar kiritildi. Banklar taqdimnomalarni tanqidiy muhokama qilib, tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik qilayotgan xodimlarga nisbatan ogohlantirish xatlari bermoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar