18:00 / 20.09.2024
35

Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi

Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishning yangi bosqichga ko‘tarish borasida muhim qadamlar qo‘yilib, Byuro organlarining asosiy vazifasi hisoblangan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda inson qadri tamoyilga qat’iy amal qilinib, fuqarolarning huquqlari tiklanmoqda.

Biroq, byuro organlari tomonidan ayrim toifadagi hujjatlar ijrosini ta’minlash har doim ham oson kechavermaydi. Misol uchun, uyga kiritish, uydan chiqarish bilan bog‘liq hujjatlar ana shular jumlasidandir.

Insonlar orzu-umidlar bilan oila qurib, farzandli bo‘lishadi. Biroq, shunday ulug‘ ne’matga shukronalik keltirish, farzandini komil inson etib tarbiyalash ota-onaning burchi ekanligini unutishadi.

Ota-onaning kelishmovchiligi sababli oilaga putur yetadi. Ota esa o‘z burchini unutib, oilasi haqida qayg‘urmadi, ularni ko‘chada qoldirdi.

Natijada esa, ona o‘zi va farzandining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga majbur bo‘ldi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi Sh.B qarzdor X.B.ga tegishli Karmana tumani “Bog‘ishamol” mahallasi Temir yo‘l ko‘chasida joylashgan xonadonga majburiy tartibda kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan Byuroning Karmana tumani bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchi Sh.B. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan uyga kiritilib, ijro ishi ijrosi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki murg‘ak qalb onasi bilan uyga kiritildi