Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Sirdaryo viloyatining Guliston shahriga Xitoydan 8 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yil yakuniga qadar viloyatdagi jamoat transporti parklari 40 ta yangi avtobuslar bilan to‘ldirilishi rejalashtirilgan.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Dastlabki bosqichda Xitoyning Yutong Bus kompaniyasida ishlab chiqarilgan 8 ta ekologik toza, har tomonlama qulay va zamonaviy bo‘lgan ZK6890HG rusumli yangi avtobuslar olib kelindi.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
26 o‘rindiqli yangi jamoat transporti iqlimga mos sovitish va isitish vositalari, shuningdek, GPS tizimi hamda maxsus videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Salonda elektron to‘lov tizimini amalga oshirish qurilmasi ishlaydi.
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Avtobuslarning viloyat markazidagi yo‘lovchilar oqimi yuqori bo‘lgan, shuningdek, bir qator yangi yo‘nalishlarda qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq Namanganga Xitoyning Yutong kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 36 ta zamonaviy avtobus olib kelingandi.
2023 yilning dekabr oyida Samarqandga Xitoydan 10 ta yangi avtobus olib kelindi.
2024 yilda Xitoy Eksimbanki Transport vazirligiga tabiiy gazda harakatlanuvchi ming dona avtobus hamda “Toshshahartransxizmat” korxonasiga 200 dona elektrobus xaridi uchun jami 180 million dollar miqdorida qarz mablag‘lari ajratishi to‘g‘risida, joriy yil davomida O‘zbekiston hududlari jamoat transporti uchun 2 ming dona avtobus va 2 ming dona mikroavtobus xarid qilinishi haqida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"