
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilib, aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro‘yobga chiqarish va muammoli masalalarni hal etish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga real hissasini ko‘paytirish, aholining ish bilan bandligini oshirish va uning moddiy farovonligini o‘stirish borasida keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan ham tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan yuridik shaxslar foydasiga 19 255 ta ijro hujjati bo‘yicha 403 mlrd. so‘m mablag‘lar undirilishi ta’minlangan.
Misol uchun, qarzdor "G.S.S" MCHJdan undiruvchi "O.A.I" xususiy korxonasi foydasiga Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan 500 mln. so‘m undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan Byuroning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlik to‘liq undirilib, tadbirkorning huquqi tiklandi.
Qarzdorlikning summasi qancha bo‘lishidan qat’i nazar bunday tadbirkorlar manfaatini himoya qilish muhim vazifamiz hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar