56
Sobiq vazir Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident mamlakat oldida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida ochilayotgan ulkan imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Agentlikka sobiq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev unga rahbar etib tayinlanadi.
Agentlikka fuqarolarimizning xorijdagi yuqori daromadli mehnat bozorlariga kirishi bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish topshirildi.
Hokimlar va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz taqdiri uchun agentlik bilan tengma-teng javobgar bo‘lishi belgilandi.
Behzod Musayev 1973 yilda tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004 yilda esa Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
U mehnat faoliyatini 1995 yilda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boshlagan. 1998—2002 yillarda Moliya vazirligida ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2002 yilda Hisob palatasida faoliyat ko‘rsatib, 2006—2010 yillarda Hisob palatasi raisi bo‘lgan. 2010 yilda Davlat soliq qo‘mitasidagi faoliyatini boshlagan Musayev 2010—2011 yillarda va 2018 yilning martidan dekabrigacha bo‘lgan muddatda DSQ raisining birinchi o‘rinbosari, 2018 yil mayidan 2020 yil mayigacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.
Behzod Musayev 2020 yil 13 maydan bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2021 yilning noyabr oyida u Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangan.
Behzod Musayev 2022 yilning dekabr oyida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"