11:58 / 24.09.2024
373

“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”

“O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”
Foto: Instagram / @niginafaxriddinova
Ayni kunlarda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Koinot go‘zali 2024” ko‘rik tanloviga tayyorgarlik ko‘rayotgan professional model Nigina Faxriddinova YouTube'dagi Daryo Lifestayle kanaliga intervyu berdi. U suhbat davomida kliplarda taklif qilinmasligi, nojoiz takliflar va sevgan yigitiga turmushga chiqolmasligi haqida gapirdi.

O‘ylashimcha, ko‘pchilik meni o‘zbek emas, bu tilda gaplasholmaydi, deb o‘ylashadi. Hatto Instagram'dagi kuzatuvchilarim orasida ham “Voy, siz o‘zbekchani bilasizmi?” deydiganlari ham ko‘p bo‘ladi.

“Meni asra” serialida bosh qahramon qiz Narminning yaqin dugonasi rolini ijro etganman. Ammo Aisha roli menga umuman o‘xshamaydi, u tamoman boshqa dunyo. Kliplarga esa taklif qilishmaydi, balki rejissyorlar ham folloverlarim singari meni o‘zbek tilini bilmaydi, deb o‘ylashsak kerak. Asosiy daromadim Instagram reklamasidan
, - deydi Nigina Faxriddinova.

Nigina Faxriddinovaga bir inson qimmatbaho Lamborghini evaziga nomaqbul taklif bildirgani haqida gapirdi.

Shu kungacha faqatgina bir marta shunday taklif bo‘ldi. O‘shanda videorolik olish uchun dalahovliga chiqqandik. Hech qanday rasvogarchiliksiz, maza qilib dam olayotgandik. Borgan erkaklardan biri menga Lamborghini avtomobini taklif qilib, evaziga uning taklifini qabul qilishimni so‘radi. “Bu nima deganingiz?” deb qattiq gapirdim. Eng qizig‘i, o‘sha davrada sevgan insonim ham bor edi. Zamonaviy kiyinadi, degani unga har qanday taklifni bersa bo‘ladi, degani emas. Atrofimda erkak do‘stlarim juda ko‘p, ammo men hamisha ular bilan chegara saqlayman. G‘ururim birinchi o‘rinda turadi, qandaydir moddiyat evaziga uni poymol qilmayman, - deydi Nigina Faxriddinova.

Professional model sevgan yigiti borligi, ammo karyerasi sabab unga hozircha turmushga chiqolmasligi haqida gapirdi.

Foto: Instagram / @niginafaxriddinova
Hozircha turmushga chiqishga shoshilyotganim yo‘q. Sevgan insonim bor, buni hech qachon yashirmaganman. Turmush qurmayotganimizning eng birinchi sababi kasbim bilan bog‘liq. Go‘zallik tanlovlarida qatnashishni davom ettirishim uchun hozircha turmushga chiqmasligim kerak. Bundan tashqari, ikkimiz ham to‘liq oyoqqa turib, moddiy va psixologik jihatdan oila qurishga tayyor emasmiz. Bolaligimda ko‘p qiyinchiliklarni ko‘rganman, shu bois oilaga va farzand tarbiyasiga jiddiy qarayman. Baxtsiz oilaning farzandi bo‘lganman, ammo bu taqdirni bolalarimga ravo ko‘rmayman. Sevgan insonim bilan oila qurishga va farzandlarni yaxshi tarbiyalay olishga ruhan tayyor bo‘lsakkina oila quramiz, - deydi Nigina Faxriddinova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “O‘zbekiston go‘zali”: “Uning shartiga ko‘nsam, Lamborghini olib berishini aytgan”