Foto: Instagram / asadxoja.moydinxojayev
Toshkent shahrida boks bo‘yicha Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yo‘l harakati qoidalarini buzib, yuqori tezlikda harakatlandi. U buni videoga oldirib, Instagram sahifasiga joylashtirgan. Keyinroq video o‘chirib yuborildi.
Mo‘ydinxo‘jayev videosida u shahar markazida 110 km/soat tezlikda harakatlanganini ko‘rish mumkin. Shaharda tezlik cheklovi esa 60 km/soatni tashkil qiladi.
MJtKga ko‘ra, sportchi belgilangan tezlikdan 50 km/soat tezroq yurgani uchun 3 mln 60 ming so‘m jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida boks bo‘yicha Parij Olimpiadasida oltin medal olgan. Bu uchun unga 200 ming AQSH dollari, Tahoe avtomobili va ikki qavatli kottej sovg‘a qilingan.
O‘zbekiston yo‘llaridagi vaziyat
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining iyun oyida o‘tkazilgan majlisida ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki 5 oyi davomida yo‘l-transport hodisalari oqibatida maktab o‘quvchisi bo‘lgan 65 nafar bola halok bo‘lgan, 294 nafari jarohatlangan.
Maktablar va oliygohlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan bolalar o‘limi bilan bog‘liq holatlar ro‘y bera boshladi.
19 sentyabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida BYD krossoveri katta tezlikda harakatlanib ketayotganda avtobusdan tushib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli o‘quvchi qizni urib yuborgan. U kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.
20 sentyabr kuni esa Buxoroda hokim yordamchisining mashinasi urib yuborgan o‘quvchi vafot etgan, mansabdor tezlikni oshirgani haqida xabarlar tarqalgan.
18 sentyabr kuni ham Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Gentra haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib, piyodalar o‘tish joyida 19 yoshli qizni urib yubordi va uni o‘ldirdi. Marhumaning otasi va guvohlarga ko‘ra, haydovchi uning mashinasi «murda tashuvchi emasligini» aytib, qizni shifoxonaga eltishdan bosh tortgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Vitaliy Levchenko: "Neftchi"da yoshlar yo‘q? Buning uchun sharoitlar yo‘q"