Kadr: Telegram
Sirdaryoda futbol maydonida odamlar ustiga Captiva haydagan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Holat yuzasidan sud yakunlandi.
Voqea 29 may kuni soat 18:00 larda viloyatning Sayxunobod tumanida sodir bo‘lgan. Captiva haydovchisi tomonidan sodir etilgan holat Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, mazkur avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277- moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli tartibda qamoqqa olingan. Avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Qayd etilishicha, ushbu shaxs muqaddam ham sudlangan.
“Ikkinchi aylangan vaqtimda mashinamning burchagi bir bolaga tegib ketdi. Keyin shuncha voqea bo‘ldi, tavakkal dedim-da, stadion darvozasiga qarab haydadim. O‘sha orada mashinani toshbo‘ron qilishdi. Hammadan uzr so‘rayman. Tavba qildim. Oxirgi imkoniyat berishingizni so‘rayman”, deydi haydovchi.
Sudda da’vogarlar undan shikoyati yo‘qligini bildirgan. Lekin mashinasi old qismi bilan ikki nafar shaxsni turtib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani sababli uni oqlab bo‘lmasligi ta’kidlangan. Unga nisbatan 4 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi