
Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituvida mavjud bo‘lgan Beruniy tumanlararo sudining 2024 yil “05” fevral kungi ijro varaqasiga asosan qarzdor "Amudaryotex" MCHJdan undiruvchi ATB Agrobank foydasiga 43 544 607,4 ming so‘m kredit qarzini undirish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi tomonidan qarzdor "Amudaryotex" ma’suliyati cheklangan jamiyatining asosiy bank xisob raqamiga elektron inkasso qo‘yilgan va uning nomidagi jami 10 ta ko‘chmas mulklariga taqiq o‘rnatilgan.
Shuningdek, joriy yilning 19 sentyabr kuni bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdordan jami 35 176 846,0 ming so‘m undirilishiga erishilgan.
Hozirda bo‘lim tomonidan qarzdorlikning qolgan qismini undirish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar