
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida 25 sentyabr kuni soat 14:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Matiz avtomashinasi va Nexia-3 avtomashinalari to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng Nexia-3 avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
YTH natijasida Matiz haydovchisiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma’sul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar