Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 30 yoshli ayol ehtiyotsizligi oqibatida o‘zini ov miltig‘i bilan otib qo‘ydi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, fuqaro Q.N. 2013 yilda o‘ziga biriktirilgan otish uchun yaroqli bo‘lgan “Toz-16” rusumli ov quroli va uning o‘qlarini saqlashda beparvolik qilgan.
2024 yil 22 sentyabr kuni ov qurolini “Husen” qishlog‘ida joylashgan molxona binosi yonidagi omborxonada joylashgan seyfga tiqib qo‘yishni unutib, ochiqda qoldirgan. O‘sha kuni soat 14:30 larda uning 30 yoshli kelini M.J. molxonani tozalash uchun kirgan va ehtiyotsizlik qilib qurolni seyfga joylamoqchi bo‘lgan. Shunda miltiq otilib ketgan va o‘q ayolning boshiga tegib uni jarohatlagan. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘lgan.
Mazkur holatda qurol saqlashda ehtiyotsizlik qilgan Q.N.ning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lgani uchun 24 sentyabr kuni unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 249-moddasi (qurolni va uning o‘q-dorilarini saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi Yakkabog‘ tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
Xitoy kosmik stansiyasida tajribadan o‘tgan zaytun danaklari Yerda unib chiqdi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi