Hozirgi vaqtda, ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni qurishga yo‘l qo‘yilmasligi, uning oqibatlari haqida davlat organlari tomonidan muntazam ravishda ogohlantirilayotgan bo‘lsada, ayrim fuqarolar tomonidan mahalliy hokimliklarga tegishli yer maydonlariga noqonuniy qurilmalar qurilayotganligining guvohi bo‘layapmiz.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 01.08.2024 yildagi ijro varaqasiga asosan Beruniy tumani, “Qangshartol” OFY, Ixlos ko‘chasi bo‘yida 400 kv.m yer maydoniga 20 x 20 o‘lchamda ko‘tarilgan damba javobgar A.Kurbanbayevning hisobidan majburiy buzdirish va yer maydonini yaroqli holatga keltirish belgilangan.
Ushbu ijro varaqa Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Jumladan, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan javobgarga noqonuniy qurilmani o‘z hisobidan buzishi lozimligi, agar buzilmasa unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 1981-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida jarima solinishi haqida tushuntirish va ogohlantirish berilgan.
Shuning natijasida, joriy yilning 25 sentyabr kuni javobgar A.Kurbanbayev tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda buzilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan.
O‘z navbatida, fuqarolarni yana bir bor o‘zboshimchalik bilan noqonuniy qurilmalarni qurmaslikka chaqirib qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Kimyoviy vositalar bilan daraxtlarga shikast yetkazganlik uchun javobgarlik belgilandi
Peskov maxsus harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi
JCH-2026 saralashi. Indoneziya Saudiya Arabistonini sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi