Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasidan undiruvchi “Qashqadaryo sharq gavxari” MCHJ foydasiga 4.455.267.352 so‘m pul mablag‘larini qaytarish to‘g‘risidagi ijro hujjati 09.08.2024 yilda Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lum qilingan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash uchun 17.08.2024 yilda “Qarzdorning barcha turdagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘lariga band solish va xatlash to‘g‘risida” qaror qabul qilingan.
Qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma xatlari yuborilib, olingan javob xatlariga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan mulklariga ta’qiq qo‘yilgan.
Ijro xarakatlari davomida qarzdorga tegishli TRACKER rusumli hamda NEXIA 3 rusumli avtotransport vositalari mavjudligi aniqlangan. Mazkur avtotransport vositaslarini xatlash maqsadida qarzdorning manziliga borilganda, avtotransport vositasi mavjud emasligi aniqlanib, bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Shunga ko‘ra, davlat ijrochisi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligininig Qashqadaryo viloyati hududiy Boshqarmasiga tegishli TRACKER rusumli avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Shuningdek, joriy yilning 25 sentyabr kuni NEXIA 3 rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda ijro harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi