21:23 / 28.09.2024
39

Sudyalar maqomiga oid yangi qonun ishlab chiqish taklif qilinmoqda

Sudyalar maqomiga oid yangi qonun ishlab chiqish taklif qilinmoqda
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi joriy yilda bo‘lib o‘tadigan saylovlar oldidan sudyalar huquqlarini kafolatlash va ish yuklamalarini maqbullashtirish maqsadida “Sudyalar maqomi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surmoqda.

Partiya vakillarining ta’kidlashicha, Polsha, Rossiya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlarda sudyalar maqomiga oid alohida qonunlar mavjud. Partiya O‘zbekistonda ham bunday qonun qabul qilinishi zarurligini ta’kidlaydi.

“Sudyalar maqomi to‘g‘risida” qonunning qabul qilinishi bir qator muhim jihatlarni o‘z ichiga oladi:

1. Sudyalarning vazifa va majburiyatlari: qonun sudyalarning aniq vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.

2. Ish yuklamalarini maqbullashtirish: sudyalarning ish yuklamalari qonun asosida tartibga solinadi.

3. Tayinlash va ozod qilish tartibi: sudyalar lavozimiga tayinlanish va ishdan ozod qilinishi qonunda aniq tartibga solinadi.

4. Tashqi ta’sirlardan himoya: sudyalar har qanday tashqi ta’sirlardan himoya qilinadi. Qonun ularning mustaqil va adolatli qaror qabul qilishlari uchun zarur himoyani ta’minlaydi.

5. Ijtimoiy imtiyozlar: sudyalarga nisbatan ijtimoiy imtiyozlar joriy etilib, korrupsiyaga qarshi choralar ko‘riladi.

“Adolat” SDPning ta’kidlashicha, mazkur qonun loyihasi sud tizimini yanada mustaxkamlash, sudyalar mustaqilligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan. Sudyalar ish yuklamalarining maqbullashtirilishi esa sud ishlarini samarali tashkil etishga ko‘maklashadi.

Tashabbuskorlar fikricha, ushbu qonun sud tizimiga ishonchni oshirishga va mamlakatda adolatni ta’minlashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudyalar maqomiga oid yangi qonun ishlab chiqish taklif qilinmoqda