Joriy yilning 26 sentyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda gumonlangan shaxsga oid ish ko‘rib chiqildi.
Ish hujjatlariga ko‘ra, joriy yilning 2 may kuni fuqaro G.U. (ayol kishi) "102"ga qo‘ng‘iroq qilib, unda noma’lum shaxs, uni mashinasiga o‘tkazib, shilqimlik qilayotganini ma’lum qilgan.
Holat IIB xodimlari tomonidan o‘rganilganda Sh.U. (erkak) o‘zining ORLANDO avtomashinasida G.U.ni manziliga olib borib qo‘yishga kelishgan. Sh.U. avtomashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tib G.U.ning oyoq va ko‘krak qismlariga teginib shahvoniy shilqimlik qilganligi va avtomashinasini qulflab, duch kelgan tomonga haydab ketganligi, G.U.ning "102"ga qilgan murojaatiga asosan IIO xodimlari Sh.U.ga avtomashinasini to‘xtatishni talab qilganida u xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay harakatni davom ettirganligi aniqlangan.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi MJtKning 41-1-moddasi 1-qismi, 52-moddasi 2-qismi, 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topildi. Unga nisbatan shu modda bilan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va BHMning 2 baravari (680 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi