Foto: Getty Images
Green Card DV-2026 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish 2 oktyabr kuni soat 21:00da boshlanib, 5 noyabr soat 21:00 ga qadar davom etadi.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yil uchun jami 55 000 tagacha turli millat vakillariga vizalar berish rejalashtirilgan. DV dasturida ro‘yxatdan o‘tish uchun hech qanday to‘lov yo‘q, lekin saralanganlar rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin viza uchun to‘lov qilishi kerak. DV-2026 uchun quyidagi mamlakatlar va hududlarning fuqarolari ariza bera olmaydi. So‘nggi besh yil ichida ushbu mamlakatlardan 50 000 nafar mahalliy aholi AQSHga ko‘chib kelgan:
- Bangladesh
- Braziliya
- Kanada
- Xitoy Xalq Respublikasi (shu jumladan materik va Gonkongda tug‘ilganlar)
- Kolumbiya
- Kuba
- Dominika Respublikasi
- Salvador
- Gaiti
- Gonduras
- Hindiston
- Yamayka
- Meksika
- Nigeriya
- Pokiston
- Filippin
- Koreya Respublikasi (Janubiy Koreya)
- Venesuela
- Vetnam
Green Card lotereyasi nima? Green Card chet el fuqarolariga AQSHda rasman ishlash imkonini beruvchi shaxsni tasdiqlovchi hujjatdir.
Bu viza lotereyasi bo‘lib, unda ishtirok etish uchun siz maxsus shaklni to‘ldirishingiz kerak. Har yili butun dunyo bo‘ylab minglab aholi lotereyada yutib oladi va AQSHga rasman ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ushbu maqolada Diversity Visa lotereyasida yoki boshqa aytganda, Green Card lotereyasida ishtirok etish uchun ariza to‘ldirish jarayonini batafsil ko‘rib chiqamiz. Ishtirok etish uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- Barqaror internet;
- Foto;
- Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari.
Arizani 2 oktyabr kuni soat 21:00 dan quyidagi havola orqali o‘tib to‘ldirish zarur: https://dvprogram.state.gov/
1. Boshlash uchun BEGIN tugmasini bosasiz;
Shundan so‘ng sizda 14 punktdan iborat arizani to‘ldirish uchun 30 daqiqa vaqtingiz bo‘ladi. Barcha punktlar transliteratsiya bilan to‘ldiriladi.
- Ism-familiya;
- Tug‘ilgan sana;
- Tug‘ilgan shahar/aholi punkti;
- Tug‘ilgan mamlakat;
- Kelib chiqishingiz ko‘rsatilgan mamlakat;
- Sizning va barcha oila a’zolaringizning fotosurati;
- Pochta manzili. Siz yetib borishingiz mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsating, chunki lotereya natijalari unga yuboriladi;
- Yashayotgan mamlakatingiz;
- Telefon raqami;
- E-mail manzili;
- Ta’lim darajasi;
- Oilaviy ahvol va bolalar haqidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa).
Fotosuratga qo‘yiladigan talablar:
- Ariza beruvchining fotosurati (oxirgi 6 oy ichida olingan), turmush o‘rtog‘i va barcha bolalarning fotosurati talab qilinadi. Green Card'ga ariza berishda avval foydalanilgan fotosuratlardan foydalana olmaysiz;
- Rasm .jpg formatida bo‘lishi kerak;
- Maksimal qabul qilinadigan tasvir hajmi 240 kB (kilobayt);
- Piksellar kvadrat bo‘lishi kerak (tasvirning eni bo‘yiga teng bo‘lishi kerak);
- Ruxsat berilgan o‘lcham 600x600 piksel.
Bolaning fotosuratiga qo‘yiladigan talablar:
- Bolaning fotosuratida begonalar, ularning qo‘llari yoki begona narsalar bo‘lmasligi kerak;
- Bola kameraga ochiq ko‘zlari bilan qarashi kerak;
- Kichkintoylar uchun yopiq yoki qisman ochiq ko‘zlar qabul qilinadi.
Yashash manzili
Ta’lim darajasini tanlang:
Sizda ta’lim yoki ish tajribasini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak: diplom yoki har qanday sertifikat.
Quyida ta’lim bo‘yicha nozik nashrda AQSH Mehnat Departamenti (DOL) ma’lumotlar bazasiga havola mavjud bo‘lib, u erda kasbingiz talabga ega yoki yo‘qligini osongina bilib olishingiz mumkin.
Primary school (boshlang‘ich maktab) — 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan birinchi ta’lim darajasidir.
High school degree (o‘rta maktab darajasi) — tugatilgan 11 yillik o‘rta maktab va attestat;
High School, no degree (o‘rta maktab, darajasi yo‘q) — bu shaxs allaqachon 10-sinfga o‘tgan, lekin hali tugatmaganligini bildiradi;
Vocational school — kollej;
Some University Cources (ba’zi universitet kurslari) — universitetga o‘qishga kirgan va u yerda bir muddat o‘qigan shaxs. Bu kamida 1 imtihondan o‘tganligi qayd etilgan zachyot daftarchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi;
University degree — bakalavr darajasi;
Some Graduete Level Cources (ba’zi magistratura kurslari) — bu 1 imtihondan o‘tganligi qayd etilgan zachyot daftarchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi;
Master's degree – Green Card o‘yinida qatnashuvchi allaqachon magistrlik darajasini olganligini bildiradi;
Some doctorol-level Cources (doktorlik darajasidagi ba’zi kurslar) — aspiranturada o‘qishni boshlagan va 1 imtihondan o‘tgan shaxs.
Doctorate degree – ishtirokchining nomzodlik yoki doktorlik darajasiga ega ekanligini bildiradi.
Oilaviy holatni tanlash
Single — bo‘ydoq|turmushga chiqmagan;
Married — uylangan|turmushga chiqqan. Agar siz turmush o‘rtog‘ingiz bilan birga yashamasangiz, lekin rasman ajrashmagan bo‘lsangiz, unda sizning maqomingiz turmush qurgan bo‘ladi va siz turmush o‘rtog‘ingizning fotosuratini oila a’zosi sifatida yuklashingiz kerak;
Divorced — ajrashgan;
Widowed — beva|turmush o‘rtog‘i vafot etgan.
Turmushga chiqmagan va 21 yoshgacha bo‘lgan barcha farzandlaringizni, shu jumladan, biologik va asrab olingan farzandlaringizni ro‘yxatga qo‘shishingiz kerak. Agar farzandlaringiz Qo‘shma Shtatlar fuqarosi bo‘lsa, ularni arizangizda ko‘rsatmang.
Diqqat! Agar bola 21 yoshga to‘lmasdan uylangan yoki turmushga chiqqan bo‘lsa, uni ota-onalarning so‘rovnomasiga kiritish mumkin emas.
Agar ariza berish vaqtida homilador bo‘lsangiz, hech narsa ko‘rsatmang. Agar lotereyada omadingiz kulsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ham viza beriladi.
Oila a’zolarining ma’lumotlari siznikiga o‘xshash tarzda to‘ldiriladi.
Ma’lumotlarni tekshirgandan so‘ng, davom etish tugmasini bosing.
Tekshiruvdan so‘ng sizda 3 ta tugma paydo bo‘ladi:
yashil tugma — hamma narsani tasdiqlash. Uni bosish orqali siz endi hech narsani tuzata olmaysiz yoki bekor qila olmaysiz — barcha ma’lumotlar AQSH Davlat departamentiga yuboriladi.
o‘rtadagi ko‘k tugma — bu tugmani bosish orqali ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun eng boshiga qaytishingiz mumkin.
o‘ng tarafdagi ko‘k tugma — ishtirokingizni bekor qilish.
Ma’lumotlarni tasdiqlaganingizdan so‘ng, siz ishtirokchi raqamingiz ko‘rsatiladigan sahifaga yo‘naltirilasiz. Agar bu sodir bo‘lmasa, siz barcha ma’lumotlarni qayta kiritishingiz mumkin.
Diqqat! Ishtirokchi harflar va sonlardan iborat bo‘lgan ishtirokchi kodingizni saqlab qo‘ying. Mazkur kod orqali natijalarni tekshirishingiz mumkin bo‘ladi.
Lotereya natijalarini 2025 yil may oyida bilib olish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
Ekspert Putinning videomurojaatidagi g‘alati narsani payqadi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi