16
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Saudiya investitsiyalar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan muzokara o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni hamkorligining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar oliy darajadagi muzokaralar doirasida erishilgan barcha kelishuvlarni amaliy amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqdilar.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, transport infratuzilmasi va boshqa sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali investitsiya portfelini diversifikatsiya qilishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
O‘zbekiston tomoni, shuningdek, saudiyalik investorlarga mamlakatimizda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni taqdim etishga tayyorligini ham tasdiqladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi