2025 yildan O‘zbekistonda turizmning yangi 5 ta yo‘nalishi sanoat, geologiya, ilmiy, harbiy va davlat boshqaruvi turizmi yo‘lga qo‘yiladi. Sayyohlarga Mudofaa vazirligi o‘q otish bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatsa, Adliya vazirligi hukumat bino va inshootlariga tashrifni o‘z ichiga olgan davlat-boshqaruv turizmi xizmatini tashkil qiladi.
Joriy yil 26 sentyabrdan “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori kuchga kirdi. Qaror bilan 2025 yil 1 yanvardan mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun turizmning yangi turlari joriy qilinmoqda, xususan:
- mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi sanoat turizmi;
- oltin, ruda va boshqa mineral resurslar qazib oluvchi konlar, shaxtalar, faoliyat yuritmayotgan geologik obyektlarida texnologik
- jarayonlarni, shu jumladan, tog‘ jinslarini portlatish tadbirlarini bexatar masofadan kuzatish, mutaxassislar bilan muloqot qilish, tog‘ releflari bo‘yicha ekskursiyalarni tashkil qilishni nazarda tutuvchi geologiya turizmi;
- ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi ilmiy turizm;
- harbiy tarix va faoliyat bilan bog‘liq joylarga tashrif buyurish, yodgorliklar va tadbirlarda qatnashish, harbiy xizmatchilar hayoti va sharoitlari bilan yaqindan tanishish, hududlarda turistlarga o‘q otish bo‘yicha pulli xizmatlar tashkil qilishni nazarda tutuvchi harbiy turizm;
- mamlakatning siyosiy hayoti, davlat organlari va tashkilotlarining tarixi va faoliyatini aks ettiruvchi joylarga, xususan, hukumat bino va inshootlariga tashrif buyurishni o‘z ichiga olgan davlat-boshqaruv turizmi.
Ushbu yangi turistik xizmatlarni joriy qilish, tartib-qoidalarini ishlab chiqish hamda tushayotgan mablag‘lardan samarali foydalanishga quyidagi vazirliklar va tashkilotlar mas’ul etib belgilangan:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
- Investitsiyalar, sanoat va tashqi savdo vazirligi;
- Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Adliya vazirligi;
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
- Fanlar akademiyasi;
- Savdo-sanoat palatasi. Ushbu idoralar ikki oy muddatda ushbu tegishli idoraviy hujjat qabul qilishi kerak.
Shuningdek, qaror bilan Mudofaa vazirligining 2025 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy va xorijiy turistlarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi:
- “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf”, “Qurolli Kuchlar” davlat muzeylari va hududlardagi “Vatanparvarlar” bog‘larida harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan bevosita tanishtirish;
- Mudofaa vazirligining Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi Qibray sport majmuasi bazasida “Stendli otish” va o‘qotar qurollardan otishni pulli asosida yo‘lga qo‘yish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi