
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
“Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan Lacetti avtomobili 2 oktyabr kuni soat 15:45larda to‘xtatilib, tekshirildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, avtomashina salonida bo‘lgan yo‘lovchi, 1997 yilda tug‘ilgan I.K. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.
Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida I.K.ning yonida bo‘lgan tamaki qutisi ichidan to‘q yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.
Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yo‘lovchi hamda topilgan modda Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar