Foto: Youtube / Lolazor podcast
O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 200 kilovatt soatlik ijtimoiy norma oshirilishi kutilmayotganini ma’lum qildi.
«Birinchidan, 200 kilovattlik norma ertaga oshirish uchun emas, tahlil qilib, me’yorlardan va iste’moldan kelib chiqib, barchasini o‘rganib chiqqandan so‘ng kiritilgan. O‘shanda tahlil qilinganda iste’molchilarning 60 foizdan ortig‘i 200 kilovattdan kam ishlatgani ma’lum bo‘lgandi. Undan ortig‘ini ishlatsa ishlatsin, faqat tabaqalashtirilgan tarifda», — dedi u.
Vazirning aytishicha, mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi pasayib ketgan va bunga iste’mol kamligi sabab bo‘lgan. Abonentlar soni oshganiga qaramay 2023 yilning mos davri bilan solishtirganda 2024 yil iyunidan sentyabrigacha oylik iste’mol hajmi kamaygan.
Ya’ni, iste’molchilar ijtimoiy norma va tabaqalashtirilgan tariflar kiritilganidan so‘ng elektr energiyasini tejay boshlagan.
«Kimdan so‘rasangiz «svet»imni o‘chirib yuribman, boshqa qilyapman [deyapti]», — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Rossiya armiyasi qishda Ukraina shaharlarini egallab olmoqchi