
Taniqli ixtirochi va kompyuter dahosi 13 yil oldin, 2011 yil 4 oktyabr kuni vafot etgandi. U oʻzidan nafaqat afsonaviy brendni, balki dono iqtiboslarni ham qoldirdi.
Butun dunyoda haqiqiy inqilobni amalga oshirgan odam doimo oʻz maqsadi sari qat'iy bordi. Stiv Jobsning motivatsiya, muvaffaqiyat va hayot haqidagi iqtiboslari hanuzgacha biznes treninglari va shaxsiy oʻsish kurslarida qoʻllaniladi.
Ish va motivatsiya haqida
“Och qoling. Izlanishdan toʻxtamang”.
“12 soat emas, balki aql bilan ishlash kerak”.
“Mening vazifam odamlarga hayotni osonlashtirish emas. Mening ishim – ularni yaxshiroq qilish”.
“Oʻzingizga yoqqan narsani topishingiz kerak. Bu ish uchun ham, munosabatlar uchun ham birday kerak”.
“Agar hali koʻngildagidek ish topmagan boʻlsangiz, izlashda davom eting. Toʻxtamang. Yurak bilan bogʻliq barcha ishlar kabi uni topganingizda bilib olasiz”.
“Men hayotimda iz qoldirishni va bu ovoz butun koinot boʻylab tarqalishini istayman!”
Muvaffaqiyat va pul haqida
“23 yoshimda bir milliondan ortiq, 24 yoshimda 10 milliondan ortiq, 25 yoshimda esa 100 milliondan ortiq pulim bor edi. Va bularning hech qanday ahamiyati yoʻq, chunki men hech qachon pul topish uchun ishlamaganman."
“Biznesda buyuk ishlarni yolgʻiz amalga oshirib boʻlmaydi. Buyuklikka faqat jamoa bilan erishish mumkin”.
“Aqlli odamlarni yollab, keyin ularga nima qilish kerakligini aytib oʻtirishdan ma'no yoʻq. Biz nima qilishimiz kerakligini aytishlari uchun odamlarni yollaymiz”.
“Biror marta ham qoqilmagan, xatoga yoʻl qoʻymagan muvaffaqiyatli inson degan tushuncha yoʻq. Faqatgina xatolarga yoʻl qoʻygan, ammo keyin oʻsha xatolarga asoslanib, oʻz rejalarini oʻzgartirgan muvaffaqiyatli odamlar bor. Men xuddi shundaylardanman”.
“Men eng yaxshi koʻrgan narsalarni sotib olish mumkin emas. Ma'lumki, hayotimizdagi eng qimmatli resurs — bu vaqt”.
“Qabristondagi eng boy odam boʻlish muhim emas... Muhimi, uxlashga yotganingizda oʻzingizga chinakam ajoyib narsani amalga oshirdim, deb aytish”.
Hayot va oʻlim haqida:
“Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotini yashab oʻtkazmang. Boshqalarning fikrlashiga asoslangan ta'limotlar tuzogʻiga tushib qolmang. Boshqalar qarashlari sizning ichki ovozingizni bostirishiga yoʻl qoʻymang”.
“Koʻp narsalarni ajoyib deb atash imkoniyatingiz yoʻq. Chunki bu — sizning hayotingiz. Hayot qisqa va siz oʻlasiz. Buni bilasizmi?”
“Oʻlimni yodda saqlash — men bilgan eng yaxshi usul, bu sizni yoʻqotishdan qoʻrqish tuzogʻidan olib chiqadi. Siz allaqachon yalangʻochsiz. Yuragingiz ovoziga ergashmaslikka hech qanday sabab yoʻq”.
“Har kuni goʻyo bu sizning soʻnggi kuningiz kabi yashasangiz, qachondir haqiqatan ham toʻgʻri yoʻlda ekanligingizni tushunasiz”.
“Kechagi kun yaxshi boʻlmaganini oʻylashdan koʻra, ertangi kun haqida qaygʻurgan ma'qul”. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar