date
views 200

“Xotinim qiz tugʻsa axlatga tashlayman” deb chiqish qilgan tiktokerga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

“Xotinim qiz tugʻsa axlatga tashlayman” deb chiqish qilgan tiktokerga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryoning Nishon tumanida yashovchi tiktoker Sardor Safarboevga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda “Sevimli” telekanali “Zamon” informatsion dasturida ma'lum qilindi.

U TikTok va YouTube platformalarida Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qiladi. Chiqishlarining birida “Men qiz farzand koʻrmayman, agar xotinim qiz tugʻsa musor yashikka tashlab yuboraman”, deganidan soʻng uning gaplari keng jamoatchilik e'tirozi va muhokamalariga sabab boʻldi.

Dasturda ma'lum qilinishicha, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxslar BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardor Safarboev 2024 yilning fevralida Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, 10 sutkaga qamalgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat