21
O‘zbekiston davlatlarning kosmik fazoni tadqiq qilish va foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
Foto: NASA
Prezident Kosmik fazoni, shu jumladan, Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati prinsiplari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqidagi qonunni imzoladi.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 2 iyulda qabul qilinib, Senat tomonidan 15 avgustda ma’qullangandi.
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro arenada rivojlangan davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mustahkamlash, xalqaro huquq normalariga muvofiq milliy manfaatlarini hisobga olgan holda kosmik faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar transferini jadallashtirish maqsadida xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishi hamda xalqaro huquq normalariga asoslangan hujjatlarni qabul qilishi yoki qo‘shilishi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda.
Shartnoma 1967 yil 10 oktyabrda kuchga kirgan va 2024 yil holatiga ko‘ra, unga 114 ta mamlakat qo‘shilgan.
Shartnomaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonning kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi